Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uzoq vaqt unutilgan lotereya chiptasi omad keltirdi

Uzoq vaqt unutilgan lotereya chiptasi omad keltirdi

foto: 120.su

Amerikalik (Nort-Platta shahri) Lukas mashinasini tozalayotganda hujjatlar turadigan qutidan lotereya chiptasini topib oldi.

Chipta uzoq vaqtdan beri to‘planib yotgan qog‘ozlar orasidan chiqdi. Lukas bu chiptani o‘tgan yilning kuzida sotib olgan va o‘z omadini lotereyada sinab ko‘rishga qaror qilganini butunlay unutgan. Uning e’tiborsizligi yutuqsiz qolishiga sabab bo‘ldimi?

Ma’lum bo‘lishicha, Lukas «Ford F-150 XLT» raqamli pikap egasiga aylangan, ya’ni sovrinni olish muddati hali tugamagan. Bundan tashqari, lotereya tashkilotchilari avtomashina uchun soliq va ro‘yxatdan o‘tkazish to‘lovlarini o‘z zimmasiga oldi, bu xushxabar esa omadli yigitning kayfiyatini yanada ko‘tardi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring