Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Unutuvchanlik qariyb yarim million dollardan mahrum qilayozdi

Unutuvchanlik qariyb yarim million dollardan mahrum qilayozdi

Foto: «upi.com»

Amerikaning Shimoliy Karolina shtati fuqarosi unutuvchanligi tufayli bir necha yuz ming dollardan ayrilishiga sal qoldi, deya xabar berdi «UPI» portali.

Albert Belk lotereya chiptasini xarid qilib, yuk mashinasining o‘rindig‘iga tashlab qo‘ygan. COVID-19 pandemiyasi tufayli izolyasiyada bo‘lgani uchun mashinasini umuman haydamagan. Shu bois 30-aprelda o‘ynalgan chipta butunlay yodidan ko‘tarilgan.

Ikki hafta o‘tgach u do‘konga borib, yana lotereya chiptasini sotib olishga qaror qilgan. Shunda mashina ichidagi tekshirilmagan chiptaga ko‘ziga tushgan. U chiptani avtomatda skanirdan o‘tkazganda, ne ko‘z bilan ko‘rsinki, 468 ming dollarlik jekpot yutibdi.

Omadi chopgan Belk yutug‘ini 26-may, seshanba kuni oldi. Yutuq puliga u turmush o‘rtog‘iga 2018 yilda chiqarilgan «Cadillac CT6» lyuks avtomobilini olib berishni va uyini ta’mirlashni rejalashtiryapti.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring