Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Urush boshlangandan beri Ukraina aholisi qanchaga kamaygani ma’lum qilindi

Urush boshlangandan beri Ukraina aholisi qanchaga kamaygani ma’lum qilindi

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaning keng miqyosli bosqini boshlanganidan beri Ukraina aholisi 10 million kishiga yoki taxminan chorakga kamaydi.

Bu qochqinlar oqimi, tug‘ilishning pastligi va urushda o‘lim darajasi tufayli sodir bo‘ldi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Sharqiy Yevropadagi Aholi jamg‘armasi rahbari Florens Bauerning aytishicha, 2022-yil fevral oyidagi bosqin shusiz ham og‘ir demografik vaziyatni yomonlashtirgan.

«Tug‘ilish darajasi keskin kamaydi va hozirda har bir ayolga bir bola to‘g‘ri keladi, bu dunyodagi eng past ko‘rsatkichlardan biri», dedi u. Aholi barqarorligini ta’minlash uchun har bir ayolga 2,1 bola tug‘ilishi kerak.

Ukraina aholisining qisqarishining eng katta ulushi qochqinlar hisobiga to‘g‘ri keladi – 6,7 million ukrainaliklar xorijda, asosan Yevropada yashaydi. Urushda odamlarning o‘limi demografik vaziyatga ham ta’sir qildi.

Urush arafasida Ukrainada deyarli 42 million kishi yashagani aytiladi. Solishtirish uchun aytish mumkinki, SSSR parchalanishi arafasida mamlakat aholisi 52 mln kishi bo‘lgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring