Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Urush ota-onasidan judo qilgan bolalar soni e’lon qilindi

Urush ota-onasidan judo qilgan bolalar soni e’lon qilindi

Foto: Sova.news

3 182 nafar ukrainalik bola urush boshlangan 24-fevraldan beri ota-onasi qaramog‘idan mahrum bo‘ldi. BBC yozishicha, bu haqda Ukraina milliy ijtimoiy servis xizmatining bolalar huquqlarini himoya qilish departamenti direktorining o‘rinbosari Vladimir Vovk xabar berdi.

Xususan, 541 nafar bolaning ota-onasi halok bo‘lgan yoki ular bilan aloqa yo‘q, ya’ni bu bolalar bevosita urush tufayli ota-onalaridan ayrilishgan.

«Ro‘yxatimizda 106 nafar yetim-bola bor, 206 nafar bolaning ota-onasi halok bo‘lgan, biroq hujjat bilan tasdiqlanmagan, bu, urush tugasa, ularning ota-onasini topish uchun ozgina bo‘lsa ham umid uyg‘otadi», — dedi Vladimir Vovk telemarafondagi chiqishida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring