Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Urush yillar va hatto o‘nlab yillar davom etishi mumkin» — Zelenskiy

«Urush yillar va hatto o‘nlab yillar davom etishi mumkin» — Zelenskiy

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina qarshi hujumining muvaffaqiyati G‘arb qurollarini yetkazib berish hajmi va vaqtiga bog‘liqligini aytdi.

Qarshi hujumga tayyorgarlik haqida fikr bildirar ekan, prezident qurol muhimligini ta’kidlagan.

Vladimir Zelenskiy qarshi hujum rejasini oshkor qilishni istamagan. Biroq tahlilchilar Ukrainaning qarshi hujum zarbasi bahorning oxiri yoki yozning boshida sodir bo‘lishini taxmin qilishmoqda.

Ukraina prezidenti muvaffaqiyatga umid qilishiga qaramay, u urush yillar va hatto o‘nlab yillar davom etishi mumkinligi haqida ham ogohlantirgan.

«Boshqa davlatlar uchun hozir Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchinchi jahon urushi xavfini oshirishdan ko‘ra arzonroq», — deya xulosa qilgan Ukraina rahbari.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring