Urushning bir kuni Ukrainaga qanchaga tushyapti?
Bugun — Ukrainada urush boshlanganining 181-kuni. Roppa-rosa olti oy yoki yarim yil to‘ldi. G‘alati tasodif: ertaga — 24-avgust Ukraina mustaqilligi kuni...
Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal seshanba, 23-avgust kuni o‘tkazilgan hukumat yig‘ilishida Rossiya Ukrainaga to‘laqonli bostirib kirgandan buyon (24-fevral) mamlakat o‘z mudofaasi va xavfsizligi uchun 420 mlrd grivnadan ziyod (taxminan 11,4 mlrd AQSh dollari) mablag‘ sarflaganini ma’lum qildi.
Yuqoridagi 11,4 milliard kunma-kun taqsimlanadigan bo‘lsa, urushning bir kuni Ukrainaga qariyb 63 mln dollardan tushmoqda.
Shmigalning ta’kidlashicha, mamlakat budjetining umumiy xarajatlari 24-fevraldan beri qariyb trillion grivnani tashkil etdi, ya’ni harbiy xarajatlar Ukraina budjetining 40 foizidan oshib ketgan.
Harbiy xarajatlarning deyarli 70 foizi — 288 mlrd grivna harbiylarga maosh to‘lashga, 135 mlrd grivna harbiy texnika sotib olish va ta’mirlashga xarjlangan.
Ittifoqchilar Ukrainani yaxshi qo‘llashayotganini aytgan bosh vazir shu paytgacha 14 mlrd dollarlik madad olinganini, yil oxirigacha yana 12-16 mlrd dollarlik yordamdan umid borligini qo‘shimcha qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter