Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Usama bin Ladenning jiyani Putin-Bayden sammiti vaqtida norozilik namoyishi o‘tkazdi (foto)

Usama bin Ladenning jiyani Putin-Bayden sammiti vaqtida norozilik namoyishi o‘tkazdi (foto)

«Al-Qoida» terroristik tashkilotining sobiq rahbari Usama bin Ladinning jiyani Nur bin Laden Jenevadagi Rossiya-Amerika sammitida yakka norozilik namoyishi o‘tkazdi. Bu haqda The Hill nashri xabar qildi.

Nur bin Laden qayiqda, qo‘lida AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp saylovlarda g‘alaba qozongani haqidagi so‘zlar yozilgan plakat bilan paydo bo‘lgan.

Holat videoyozuvi Recount nashrining Twitterdagi sahifasida e’lon qilingan. Kadrlarda Usama bin Ladenning jiyani «Tramp g‘alaba qozondi» degan plakatni ko‘tarib olganini ko‘rinadi. 

The Hill nashrining yozishicha, Nur bin Laden Trampning faol tarafdori. Shveysariya politsiyasining uni hibsga olish haqidagi tahdidlariga qarasdan, bir necha kundan beri Jenevada namoyish o‘tkazmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring