Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uzumzordagi tomosha fojiaga aylandi — Germaniya

Uzumzordagi tomosha fojiaga aylandi — Germaniya

Foto: «Freepik»

Germaniyada havo shari qulab tushgani haqida «EADaily» yozmoqda.

Ko‘ngilsiz hodisa Germaniya g‘arbida, Koblens shahriga yaqin hududda yuz berdi — yetti kishi havo sharida osmonga ko‘tarilib, uzumzorni tomosha qilishayotgan edi.

Illyustratsiya: «Ballonfahrt.de»

Politsiya xabariga ko‘ra, havo shari qo‘nishi chog‘i kuchli shamol esib qolib, boshqaruv yo‘qotilgan. Aerostatning savati, ichidagi odamlari bilan, yerga bir necha marta urilgan, oqibatda to‘rt kishi pastga qulagan. Keyin esa daraxtga borib urilgan havo shari o‘sha yerda ilinib qolgan.

Hodisa oqibatida bir inson — havo shari boshqaruvchisi halok bo‘lgan. Yana ikki nafar yo‘lovchi og‘ir jarohatlar olgan. Qutqaruv operatsiyasida 100 dan ortiq inson qatnashgan, bu paytda yaqindan o‘tuvchi temir yo‘ldagi harakat ham to‘xtatib turilgan.

«EADaily» qo‘shimcha qilishicha, Koblensda havo sharida parvozlar sayyohlar o‘rtasida urfga kirgan. Germaniyaning eng yirik vinochilik hududini chetdan keluvchi mehmonlarga qush parvozi balandligida ko‘rsatishni xush ko‘rishadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring