Bokuda Armanistonning chegarada uyushtirgan provokatsiyasi natijasida 7 kishi halok bo‘lgani ma’lum qilindi

Armanistonning navbatdagi provokatsiyasi natijasida 16-noyabr kuni boshlangan jangovar harakatlar chog‘ida 7 nafar Ozarbayjon harbiysi halok bo‘ldi, yana 10 nafari yaralandi. Bu haqda chorshanba kuni Ozarbayjon Respublikasi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Mudofaa vazirligi halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirib, yaradorlarning tezroq sog‘ayib ketishini tiladi.
16-noyabr, seshanba kuni Armaniston qurolli kuchlari Ozarbayjon bilan chegarada navbatdagi provokatsiyani amalga oshirdi.
Ozarbayjon qo‘shini pozitsiyalariga hujum qilinib, artilleriyadan o‘q uzildi.
Mahalliy janglar 16-noyabr kuni kechqurun yakunlandi.
Rasmiy Boku provokatsiyalarda Armaniston harbiy-siyosiy rahbariyatini aybladi.
Avvalroq Armaniston Mudofaa vazirligi sharqiy chegaradagi janglarda ularning 12 nafar askarini Ozarbayjon harbiylari asirga olganini ma’lum qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter