Nyu-Yorkda Trampga qarshi namoyish

AQSh prezidenti Donald Trampga qarshi Nyu-York shahrida namoyishlar o‘tkazildi. Bu haqda «Anado‘lu» axborot agentligi xabar bermoqda.
Donald Tramp xayriya tadbirida qatnashish uchun o‘zi tug‘ilib-o‘sgan Nyu-York shahridagi «Lotte New York Palace» mehmonxonasiga kelganida namoyishchilarning: «Odamning etini junjiktiradigan tvitlar yozuvchi kishi emas, haqiqiy rahbar kerak bizga. Yolg‘onchi, o‘g‘ri, ovchi», – degan plakatlariga duch keldi.
Mehmonxona oldiga yuk mashinalaridan to‘siq qurildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter