Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vazir internetdan ongli foydalanishga chaqirdi

Vazir internetdan ongli foydalanishga chaqirdi

Bagdat Musin.

Qozog‘iston Respublikasi raqamli rivojlanish, innovatsiyalar va aerokosmik sanoat vaziri Bagdat Musin qozog‘istonliklarni internetdan ongli ravishda foydalanishga chaqirdi, deb xabar bermoqda «Zakon.kz».

Jurnalistlar vazirdan nima uchun uyali aloqa operatorlari cheksiz internetni arzon tarif rejalaridan olib tashlaganini so‘rashgan. Ularning fikricha, hozir qozog‘istonliklarda internet-trafik yetarli emas.

«Agar 25 gigabayt yetarli bo‘lmasa, ehtimol, odam o‘zi internetni kerak bo‘lganidan ko‘proq ishlatayotgani haqida o‘ylab ko‘rishi kerak. Chunki 25 gigabayt juda katta miqdor. Va ijtimoiy tarmoqlarda o‘tirib, 25 gigabaytdagi ma’lumotlarni ko‘rish, aslida unchalik foydali emas. Agar u mamlakatning oddiy fuqarosi bo‘lsa va kuniga sakkiz soat ishlasa, shuncha internet trafikni sarflay olmaydi. Chunki ishdan bo‘sh vaqtida u uyiga keladi va Wi-Fi ga ulanadi, ish joyi esa — ishlash uchun. Internet gigiyena — bu ham bir masala», deydi Musin.

Shu bilan birga, vazir uyali aloqa operatorlar tomonidan tariflar oshirilishi tarafdori emasligini ta’kidladi.

«Men mamlakatimiz aholisi mobil internetdan ongliroq foydalanishni o‘rganishi tarafdoriman. Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish foyda ham, zarar ham keltirishi mumkin. Inson ijtimoiy tarmoqlarda «o‘tirishi»ni o‘zining foydasi uchun ham nazorat qilishi kerak», qayd etadi vazir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring