Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vengriya Alisher Usmonovga e’lon qilingan sanksiyalarni bekor qildirmoqchi

Vengriya Alisher Usmonovga e’lon qilingan sanksiyalarni bekor qildirmoqchi

Vengriya Yevropa Ittifoqidan rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov va yana ikki oligarx Petr Aven hamda Viktor Rashnikovni sanksiyalar ro‘yxatidan olib tashlashni so‘radi. Bu haqda «Politico» gazetasi xabar berdi.

Xabarlarga ko‘ra, Vengriya, shuningdek, YeIdan gumanitar yordam uchun sanksiyalar bo‘yicha imtiyozlar ro‘yxatini kengaytirishni ham so‘ragan.

Budapeshtning pozitsiyasi Yevropa ittifoqining boshqa davlatlarini «g‘azablantirgan». Chunki bu tashabbus mazkur davlatlarda Vengriya tomonining Yevropa sanksiyalarida mavjud tartiblarni aylanib o‘tish bo‘yicha xavotirni kuchaytirmoqda. Nashrning ta’kidlashicha, «ayni paytda Yevrokomissiya qoidalarni qat’iylashtirishga intilmoqda».

Qayd etilishicha, Vengriya talablari 7-sentyabr kuni Ukrainadagi vaziyatga bag‘ishlangan yig‘ilishda muhokama qilinadi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring