Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vengriya prezidenti pedofiliya mojarosi ortidan iste’fo berdi

Vengriya prezidenti pedofiliya mojarosi ortidan iste’fo berdi

Katalin Novak iste’foga chiqish niyatini e’lon qildi. U sudlangan pedofilni avf etganidan keyin shunday qarorga kelgan.

«Bugun men sizga davlat rahbari sifatida oxirgi marta murojaat qilyapman, respublika prezidenti lavozimini tark etaman», – dedi u.

Eslatib o‘tamiz, shu fonda 9-fevral kuni Budapeshtda kamida ming kishi ishtirokida ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi kunlarda Vengriyada o‘tgan yilning aprel oyida Novak pedofiliyada ayblangan mehribonlik uyi rahbarining jinoyatini yashirib kelgan rahbar o‘rinbosarining afv etish haqidagi iltimosnomani qanoatlantirgani haqida ma’lumot paydo bo‘lganidan keyin janjal avj oldi.

Vengriyalik siyosatchi mahkum bolalarning qaramlik holatini suiiste’mol qilmaganiga ishongani va shunday qarorga kelganini bildirgan.

U, shuningdek, xatoga yo‘l qo‘ygan mamlakat prezidenti javobgarlikni o‘z zimmasiga olishga majburligini aytib, kechirim so‘radi va qasamyodga muvofiq o‘z vazifalarini bajarishdan iste’fo berishini ma’lum qildi.

Novak 2022-yilda prezidentlik lavozimiga kirishgan va Vengriya tarixida prezident lavozimini egallagan birinchi ayol bo‘lgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring