Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Versal va Luvrdagi tungi chiroqlar ertaroq o‘chiriladi – Fransiya madaniyat vaziri

Versal va Luvrdagi tungi chiroqlar ertaroq o‘chiriladi – Fransiya madaniyat vaziri

Parijdagi Luvr piramidasining yoritilishi ikki soatga, Versalning yoritilishi esa bir soatga qisqaradi. Bu haqda Fransiya madaniyat vaziri Rima Abdul-Malak France 2 telekanalida ma’lum qilgan.

«Piramida soat 23:00 gacha yoritiladi. Kelgusi haftadan boshlab Versal saroyi fasadining yoritilishini 23:00 da emas, 22:00 da to‘xtatiladi», – dedi vazir.

Uning qo‘shimcha qilishicha, energiyani tejash bo‘yicha avvalroq Eyfel minorasining yorug‘lik bezaklari kamaytirilgani kabi mazkur tartib ham amalga oshiriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Parijdagi bir qator ma’muriy binolar energiya inqirozi tufayli kechki 22:00 dan keyin yoritilmasligi ma’lum qilingandi.

Ma’lumot uchun, Eyfel minorasining tunda yoritilishi yillik energiya sarfining 4 foizini tashkil qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring