Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vetnamdagi dahshatli to‘fonda 12 qurbon bo‘ldi

Vetnamdagi dahshatli to‘fonda 12 qurbon bo‘ldi

VnExpress mahalliy nashriga ko‘ra, Vetnamda “Bualoy” to‘foni 12 kishining hayotiga zomin bo‘ldi, yana 17 kishi bedarak yo‘qoldi

Eng ko‘p qurbonlar shimoliy Nin Bin provinsiyasida qayd etilgan. U yerda bo‘ron tornadoni keltirib chiqardi va olti kishi halok bo‘ldi. Bak Giang provinsiyasida ikkita baliq ovlash kemasining ekipaj a’zolari bedarak yo‘qolgan. Dengizga chiqqan 13 kishidan faqat to‘rttasi qirg‘oqqa suzib qaytgan. 

Shuningdek, Txanxoa, Xyue va Da Nang provinsiyalarida qurbonlar borligi haqida xabar berilgan. 

Xitoyning South China Morning Post nashriga ko‘ra, Vetnam hukumati bo‘ron oldidan 28,5 mingdan ortiq odamni evakuatsiya qilgan. 

"Bualoy" Vetnamga Filippindan kelgan, u yerda 24 kishi halok bo‘lgan. Tayfunda maksimal barqaror shamol tezligi 32,5 m/s ga yetdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring