Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vladimir Zelenskiy Saudiya Arabistoniga bordi

Vladimir Zelenskiy Saudiya Arabistoniga bordi

Foto: «AA»

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Saudiya Arabistonida shahzoda Muhammad bin Salmon al-Saud bilan uchrashadi.

Prezident nashri xabariga ko‘ra, tomonlar Ukraina tinchlik formulasi, mahbuslar almashinuvi va mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qiladi.

«O‘tgan yili Jiddada uni amalga oshirish bo‘yicha maslahatchilar darajasida samarali uchrashuv o‘tkazdik. Biz hozir birinchi Tinchlik sammitini o‘tkazishga yaqinmiz va Saudiya Arabistonidan davomiy faol yordamni kutamiz», — dedi Zelenskiy.

Muzokaralarning ikkinchi mavzusi — mahbuslar va deportatsiya qilinganlarni qaytarish.

Vladimir Zelenskiyning aytishicha, tomonlar iqtisodiy hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari va Saudiya Arabistonining Ukrainani tiklashdagi ishtirokini ham muhokama qiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring