Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vladimir Zelenskiy va Pyotr Poroshenko Rossiyada qidiruvga berildi

Vladimir Zelenskiy va Pyotr Poroshenko Rossiyada qidiruvga berildi

Foto: BFM.ru

Rossiya ichki ishlar vazirligi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy hamda sobiq prezident Pyotr Poroshenkoni Rossiyada qidiruvga berdi.

Ular Jinoyat kodeksi bo‘yicha qidirilayotgani yozilgan, ammo qaysi moddaligiga aniqlik kiritilmagan.

Rossiya avvalroq qator ukrain amaldorlari va siyosatchilarini qidiruvga bergandi. Ukraina sobiq moliya vaziri Aleksandr Shlapak, Ukraina milliy banki sobiq rahbari Stepan Kubiv, Ukraina SNBO (mudofaa va xavfsizlik milliy kengashi) kotibi Aleksandr Litvinenko shular jumlasidan. Qolaversa, Rossiya 2023-yil dekabrida Ukraina Razvedka bosh boshqarmasi rahbari Kirill Budanovni ham qidirilayotgan shaxslar ro‘yxatiga kiritgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring