Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xavfli burilish: Rossiyada meningit holatlari ikki baravar ko‘paydi

Xavfli burilish: Rossiyada meningit holatlari ikki baravar ko‘paydi

Foto: IZ.ru

Rossiyada 2025-yil boshidan buyon 1,2 ming meningit holati qayd etilgan, bu butun 2024-yildagi ko‘rsatkichdan ikki baravar ko‘pdir. Bu haqda “Izvestiya” nashri xabar berdi.

Mutaxassislarning fikricha, 2025-yilda meningokokk infeksiyasining A, B va C umumiy shakllari bilan kasallanish darajasi oshgan va 1266 ta holat qayd etilgan. Eng ko‘p infeksiya aprel oyida sodir bo‘lgan. Shu bilan birga, turli hududlarda meningokokk infeksiyasining turli xil serotiplari aniqlanadi.

Meningit bo‘yicha Moskva yetakchilik qilmoqda, ro‘yxatga olingan holatlarning yarmidan ko‘pi poytaxtga to‘g‘ri keladi.

Voyaga yetgan aholi orasida meningokokk infeksiyasining guruhli epidemiyalari ko‘payganligi qayd etilgan, kasallanganlarning qariyb 60 foizi mehnat muhojirlaridir. Shu munosabat bilan mutaxassislar muhojirlarni emlashni kuchaytirishni, shuningdek, bolalarni maktabgacha va birinchi kurs talabalariga emlashni tavsiya etishni taklif qilmoqdalar.

Avvalroq, Rossiyada 2024-yilda meningokokk infeksiyasidan o‘lim darajasi 15 foizni tashkil etgani, emlanganlar, ya’ni emlash orqali yoki kasallikdan keyin immunitet shakllangan shaxslar soni sezilarli darajada kamaydi. Bu haqda Rospotrebnadzorning “Rossiya Federatsiyasida 2024-yilda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi holati to‘g‘risida”gi hisobotida ma’lum qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring