Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xavotirli belgilar: Kaspiy dengizi shiddat bilan qurimoqda

Xavotirli belgilar: Kaspiy dengizi shiddat bilan qurimoqda

Kaspiy dengizi shiddat bilan sayoz bo‘lib bormoqda: Sputnik suvning qanday chekinishi haqida video e’lon qildi.

«O‘ylaymanki, 2022-yilda bizning Kaspiy dengizimiz eng past suv sathi bo‘yicha o‘zining antirekordini yangilaydi», — deb yozadi qozog‘istonlik taniqli vloger Azamat Sarsenboyev.

Uning qayd etishicha, antirekord 1977-yilda (-29,01 m) qayd etilgan. O‘tgan yili Kaspiy bu rekordga yaqinlashdi: -28,1 m.

Endi esa suv sathi yanada pasayib ketgan.

«Boshqa tomondan, Kaspiy dengizining sayozlashishi shaharning o‘zida yangi va o‘ziga xos tarzda cho‘milish uchun eng go‘zal joylarni ochadi», - deb yozadi vloger.

Eslatib o‘tamiz, Kaspiy dengizi dunyodagi eng yirik yopiq sho‘r ko‘l bo‘lib, uning maydoni 371 000  kv.kmdan oshadi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring