Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy aholisi bir yilda 2 million kishiga kamaydi

Xitoy aholisi bir yilda 2 million kishiga kamaydi

Xitoy Xalq Respublikasi Davlat statistika boshqarmasi tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, 2023-yilda Xitoy aholisi soni 1 mlrd 409 mln kishini tashkil etgan. Bu esa 2022-yilga nisbatan 2,08 million kishiga kam deganidir.

Qayd etilishicha, Xitoy aholisi ikkinchi yil ketma-ket kamayib boryapti. Xitoy aholisi 1960-yillar boshidagi qurg‘oqchilik va ocharchilikdan keyin birinchi marta 2022-yilda kamaygan edi.

Mamlakat Statistika idorasi ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan yili Xitoyda 9,56 mln nafar chaqaloq tug‘ilgan bo‘lsa, 11,1 millionta o‘lim holati qayd etilgan.

Tug‘ilish darajasi mamlakatda milliy statistika yuritila boshlagan 1949-yildan beri (6,39 promille) eng past darajaga tushdi. 2022-yilda Xitoyda tug‘ilish darajasi 6,77 promillegacha kamaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring