Xitoy dunyoning birinchi raqamli iqtisodiyotiga aylanadi — Putin

Xitoy albatta jahonning birinchi raqamli iqtisodiyotiga aylanadi, AQSh Xitoyning taraqqiyotiga to‘g‘anoq bo‘la olmaydi, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin bugun o‘tkazilgan Katta matbuot-anjumanida.
AQSh Xitoy taraqqiyotini ushlab tura olmaydi. Amerika buni anglashi shart. Xitoy iqtisodiyoti xarid qobiliyati pariteti bo‘yicha hozir ham AQSh iqtisodiyotidan kattaroq. 2035-yil o‘tadi, 2050-yil keladi. Xitoy hech istisnosiz boshqa ko‘rsatkichlar bo‘yicha ham dunyoning birinchi iqtisodiyotiga aylanadi, ta’kidladi Putin.
«AQSh buni tushunishi kerak. Balki tushungani uchun ham AQSh shunday yo‘l tutayotgandir (Xitoy taraqqiyotini jilovlashga urinyapti — tahr.). Bu xato», — dedi so‘zini yakunlarkan Putin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter