Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy ko‘mir qazishni ko‘paytirdi, amerikalik ekologlar g‘azabda

Xitoy ko‘mir qazishni ko‘paytirdi, amerikalik ekologlar g‘azabda

Foto: NBC News

Amerikalik ekologlar elektr energiyasi ishlab chiqarishda ko‘mirga ko‘proq urg‘u berishni boshlagan Xitoyni ogohlantirdi: mamlakat iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurash doirasida tuzilgan kelishuvlarni buzyapti. Bu haqda NBC News xabar berdi.

Ekologiyani buzishda Xitoy dunyodagi yetakchi mamlakat.

Xabarlarga ko‘ra, Xitoy 2022-yilda 300 mln tonnagacha ko‘mir qazib olmoqchi. Bu o‘tgan yilgidan 7 foizga ko‘proq. Shunisi borki, shamol va quyosh energiyasini rivojlantirishda ilg‘or davlatlardan biri ham Xitoy, biroq Rossiya-Ukraina nizosi oqibatida yuzaga kelgan taqchillik tufayli bosh rol yana ko‘mirirga qaytarildi.

«Ko‘mir energetika xavfsizligimiz uchun kerak», — deyiladi Xitoy hukumati javobida.

World Resources Institute ma’lumot berishicha, havoni ifloslantirishda Xitoyning global ulushi 26,1 foiz, bu AQSh (12,8 foiz)nikidan ikki hissa ko‘proq.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring