Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatlaydi – OAV

Xitoy O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatlaydi – OAV

XXR tashqi ishlar vaziri Xitoy O‘zbekistonni Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.

«Dunyo» axborot agentligining «Sinxua» nashriga tayanib bergan ma’lumotiga ko‘ra, Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bu haqda O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikistonga amalga oshirgan tashriflari yakuni bo‘yicha jurnalistlarga intervyusida ma’lum qilgan.

Xitoyning yetakchi «Sinxua» davlat axborot agentligi, shuningdek, Van Ining O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida tomonlar ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi mavjud konsensusdan o‘zaro siyosiy ishonchni chuqurlashtirish va taraqqiyot strategiyalarining bog‘liqligini mustahkamlash uchun ustuvor yo‘nalish sifatida foydalanishga, shuningdek, ikki tomonlama munosabatlar erishilgan yutuqlarga tayanishi va yangi taraqqiyot sari intilishi uchun birgalikda harakat qilishga kelishib olganini ma’lum qilgan.

«Tomonlar «Bir makon, bir yo‘l» tashabbusi doirasida hamkorlikni sifat jihatdan yuksaltirish, yillik savdo aylanmasini 10 milliard AQSh dollariga yetkazish va yangi maqsadlarni belgilashga kelishib oldi.

Van I, shuningdek, Xitoy O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi», – deb yozgan Agentlik.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 28-iyul kuni Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I Toshkentda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring