Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoy yana koronavirusdan vahimaga tushib qoldi

Xitoy yana koronavirusdan vahimaga tushib qoldi

Foto: «Wustoo.com»

Xitoyning Sindao shahar ma’muriyati barcha aholini SARS-CoV-2 koronavirusiga tekshirmoqchi. Shaharda to‘qqiz million kishi yashaydi, deya xabar berdi «BBC News».

Kasallik qaytadan tarqalgandan so‘ng shunday qarorga kelingan: o‘ndan ortiq yuqtirganlar xorijdan qaytgan xitoyliklarni davolagan klinika bilan aloqador bo‘lib chiqdi. Aniqlangan kasallik holatlarining yarmi alomatsiz kechgan.

Mahalliy OAV turnaqator navbatlarning video va fotosuratlarini e’lon qildi: Sindaoning dastlabki beshta hududi uch kunda, shaharning qolgan qismi yana ikki kun ichida to‘liq tekshiruvdan o‘tkaziladi.

«Worldometers» ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoyda 85 578 kishi koronavirusga chalingan, 4 634 kishi infeksiya tufayli hayotdan ko‘z yumgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring