Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoyda chiqindilar yetishmasligidan zavodlar yopilmoqda

Xitoyda chiqindilar yetishmasligidan zavodlar yopilmoqda

Foto: RIA Novosti

Xitoy chiqindi yoqish zavodlarida chiqindilar taqchilligi muammosi paydo bo‘ldi, deb xabar berdi Financial Times.

Chiqindilar hajmining qisqarishi iste’molning sekinlashuvi, aholi sonining kamayishi va mamlakatda chiqindilar masalasidagi oqilona boshqaruv bilan bog‘liq, deb yozdi nashr.

O‘n yil oldin Xitoy o‘z shaharlarini «chiqindilar qamali»dan xalos qilish maqsadida chiqindi yoqish zavodlarini qurishga katta sarmoya kiritishni boshlagan.

Sarflangan pullar ortig‘i bilan natija berdi va hozirga kelib ayrim chiqindi yoquvchi zavodlarning quvvati hosil bo‘ladigan chiqindilar hajmidan yuqori bo‘lib qolmoqda. Shu sababli ba’zi zavodlar yopilmoqda, ayrimlari esa chiqindilarni sotib olishga majbur.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring