Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoyda dunyodagi eng baland ko‘prik ochiladi

Xitoyda dunyodagi eng baland ko‘prik ochiladi

Xitoyda dunyodagi eng baland ko‘prik quriladi, deb yozadi Oddity Central.

Xitoyning Guychjou provinsiyasida yangi jahon rekordini o‘rnatadigan ko‘prik qurilishi nihoyasiga yetmoqda. Beypan daryosi bo‘ylab o‘tgan Huajiang Grand Canon ko‘prigi suv sathidan 625 metr balandlikda joylashgan va 2025-yilning ikkinchi yarmida transport harakati uchun ochiladi. Loyiha mintaqada an’anani davom ettiradi – Guychjouda allaqachon dunyodagi 100 ta eng baland ko‘prikning yarmidan ko‘pi joylashgan.

Qurilish 2022-yil yanvar oyida boshlangan va hozirda 95% bajarilgan. Guizhou Highway Group bosh muhandisi Chjan Shenglinning so‘zlariga ko‘ra, ko‘prik “Xitoy infratuzilmasi kuchini ko‘rsatuvchi yana bir muhim loyiha” bo‘ladi. U Beypan daryosi vodiysining "Yer yorig‘i" deb nomlanuvchi eng chuqur qismidagi qirg‘oqlarni bog‘lab, o‘tish vaqtini bir soatdan bir daqiqaga qisqartiradi.

Ko‘prik o‘zining transport funksiyasidan tashqari, yangi turistik diqqatga sazovor joy bo‘lishi va’da qilinmoqda. Minoralardan birida panoramali ko‘rinishga ega shisha lift, yulduzlarni tomosha qilish uchun bar va kafe bo‘ladi. Sarguzasht izlovchilar uchun shisha polga ega kuzatuv maydonchasi va dunyodagi eng baland sakrash joyi mavjud.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring