Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoyda dunyodagi eng yirik oltin koni topildi

Xitoyda dunyodagi eng yirik oltin koni topildi

Markaziy Xitoyda ming tonnaga yaqin oltin zaxirasiga ega yuqori sifatli oltin koni topildi. Mutaxassislar uning qiymatini 83 milliard dollardan ortiq deb baholamoqda.

Ekspertlarning bunday bahosi  ushbu konni hozirgacha topilgan eng katta va eng qimmatli deb atashga imkon beradi, deb yozadi ScienceAlert portali.

«Kon Xunan provinsiyasida joylashgan bo‘lib, geologiya byurosi mutaxassislari unda ikki kilometrgacha chuqurlikda 40 ta oltin yo‘lini aniqladilar va 3D modellashtirish qo‘shimcha zaxiralarni topish imkoniyatidan dalolat beradi», — deyiladi xabarda.

Har bir tonna rudada 138 grammgacha oltin bor. Bu standart ko‘rsatkichlardan sezilarli darajada oshadi. Mutaxassislarning tushuntirishicha, bir tonnasida sakkiz grammdan ortiq oltin bo‘lgan ruda yuqori sifatli hisoblanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring