Xitoyda H10N3 parranda grippi bilan kasallanish aniqlandi
Xitoyning Szyansu provinsiyasida H10N3 parranda grippi virusiga chalingan ilk bemor aniqlandi. Bu haqda Xitoy Sog‘liqni saqlash davlat qo‘mitasining bayonotiga asoslanib RIA Novosti xabar qildi.
Kasallik yuktirgan bemor Szyansu provinsiyasida yashovchi 41 yoshli erkakdir. 23 aprelda uning isitmasi ko‘tarilgan va yana qo‘shimcha boshqa alomatlar paydo bo‘la boshlagan Shu kuni bemorning ahvoli yomonlashgani sababli u mahalliy kasalxonaga yotqizilgan. Xitoy Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi 28 may kuni bemordan olingan namunalarni tahlillash ishlarini amalga oshirdi va H10N3 virusi aniqlangan.
Virus genomini to‘liq tahlil qilish uning parranda grippi ekanligi va odamlarga «samarali» yuqish qobiliyatiga ega emasligini ko‘rsatgan.
Bemor bilan yaqin aloqada bo‘lgan shaxslar tibbiy nazoratga olingan, ularda kasallik bilan bog‘liq alomatlar topilmagan. Hozirda bemorning ahvoli barqarorlashgan, yaqin orada unga javob berishlari mumkin.
Qayd etilishicha, bu virus qushlar orasida past patogen hisoblanib, dunyoda ilgari insondan insonga yuqadigan holatlari bo‘lmagan. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, bu holat «tasodifan virusni qushdan odamga yuqishi» va «keng miqyosda tarqalish xavfi past».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter