Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoyda kuchli zilzila: 100 dan ortiq qurbonlar bor

Xitoyda kuchli zilzila: 100 dan ortiq qurbonlar bor

Xitoy shimoli-g‘arbida sodir bo‘lgan zilzila oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘ldi, yana 220 kishi jarohat oldi.

Zilzila Gansu provinsiyasida yarim tunda sodir bo‘lib, Gansu provinsiyasi va qo‘shni Sinxay provinsiyasidagi uylar va infratuzilmaga zarar yetkazdi.

AQSh Geologiya xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila magnitudasi 5,9, epitsentri 10 km chuqurlikda bo‘lgan.

Sinxua davlat axborot agentligining xabar berishicha, Gansu provinsiyasida 100 kishi halok bo‘lgan va 96 kishi jabrlangan, Sinxay provinsiyasida yana 11 kishi halok bo‘lgan va 124 kishi jarohatgan.

Tabiiy ofat hududiga jami 1,5 mingga yaqin qutqaruvchi jo‘natildi.

Viloyatning ayrim hududlarida energiya va suv ta’minoti uzilib qolgan.

Xitoy yetakchisi Si Szinpin «qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borish, jarohatlanganlarga o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatish va qurbonlar sonini minimallashtirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solish zarur», dedi.

Xitoy bir qancha tektonik plitalar, xususan, Evroosiyo, Hindiston va Tinch okeani plitalari birlashadigan mintaqada joylashgan va zilzilaga moyil hudud.

O‘tgan yilning sentyabr oyida janubi-g‘arbiy Sichuan provinsiyasida sodir bo‘lgan 6,6 magnitudali zilzila oqibatida 60 dan ortiq odam halok bo‘lgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring