Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoyda paydo bo‘lgan yangi virus boshqa mamlakatlarda ham uchramoqda — JSST

Xitoyda paydo bo‘lgan yangi virus boshqa mamlakatlarda ham uchramoqda — JSST

Foto: «Iz.ru»

Xitoyning Uxan shahrida pnevmoniyaning yangi turidan ikkinchi odam nobud bo‘ldi. Laboratoriya tadqiqotlari kasallikning keng tarqalishiga 2019-nCoV koronavirusi sabab bo‘layotganini ko‘rsatdi. Bori shu...

Kasallik haqida boshqa ma’lumot-tafsilotlar yo‘q.

Xitoyda tarqagan yangi kasallik virusi 16-yanvar kuni Jenevada Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) konferensiyasida muhokama qilindi.

«2019-nCoV koronavirusi haqida yetarlicha ma’lumotga ega emasmiz, qanday tarqaydi, klinik alomatlari nimalarda ko‘rinadi, tarqalish darajasi qanday — bilmaymiz. Qanday paydo bo‘lgani ham bizga noma’lum», — TASS JSST bayonotidan ana shu iqtibosni keltirmoqda.

Koronavirus 2019-yil oxirida aniqlangandi. Avvaliga barcha kasallanganlar Uxan shahrida (Xitoy) qayd etildi. 2020-yil yanvaridan boshqa mamlakatlarda ham shu kasallikka chalinganlar aniqlana boshlandi.  16-yanvar kuni Yaponiyada Xitoydan kelgan bemorni laboratoriyada tekshirib, bu pnevmoniyaning yangi turi degan to‘xtamga kelishdi. Tailandda ham xuddi shu kasallikka chalingan bir nafar bemor aniqlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring