Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoydagi butik birinchi ish kunining o‘zida 2,7 million dollar savdo qildi

Xitoydagi butik birinchi ish kunining o‘zida 2,7 million dollar savdo qildi

Foto: «RIA Novosti»

Guanchjouda ochilgan «Hermes» lyuks butigi dastlabki kuniyoq 2,7 million dollar ishlab oldi, deya xabar berdi «WWD».

Do‘kon rahbarlari jiddiy hozirlik ko‘rishgandi. Buning uchun sumkalarning eksklyuziv modellarini, jumladan, timsoh terisidan tikilgan va javohirlar bilan bezatilgan sumkalarni keltirib qo‘yishgandi.

Manbaga ko‘ra, Xitoyning Guandun provinsiyasidagi eng boy poytaxtlaridan birida ko‘plab badavlat xaridorlar jam bo‘lishdi. Ular idish-tovoq, poyabzal, mebel va teri buyumlarini sotib olishdi.

Misol uchun, Xitoy ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan biri Parij «RDAI» arxitektura agentligi tomonidan yaratilgan intererli ikki qavatli do‘konda tushgan bir nechta selfilarini internetga joylagan va timsoh terisidan tikilgan qora «Birkin» sumkasi, poyabzal va kiyim-kechaklarga qariyb bir million yuan sarflaganini ma’lum qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring