Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoydagi halokatli tornado videosi tarqaldi

Xitoydagi halokatli tornado videosi tarqaldi

Xitoyning janubi-sharqidagi Guandun provinsiyasining Chaochjou shahrida sodir bo‘lgan kuchli tornado videosi tarqaldi.

Bugun, 2-iyul kuni Xitoyda kuchli tornado kuzatildi. Ijtimoiy tarmoqlarda dahshatli hodisa aks etgan videolar paydo bo‘ldi.

Kadrlarda kuchli quyunning ular tomini bo‘laklab tashlashi, elektr uzatish liniyalarini uzishi va ayrim binolarni to‘liq vayron qilishini ko‘rish mumkin. Bundan tashqari, Gonkong qirg‘oqlarida muhandislik kemasi halokatga uchragan.

Qutqaruv operatsiyasi davomida uch nafar ekipaj a’zosi topilgan. Yana 27 kishining taqdiri noma’lumligicha qolmoqda.

Gonkongda tropik bo‘ronning maxsus ma’muriy hududiga yaqinlashish fonida o‘n balli shkala bo‘yicha sakkizinchi ogohlantirish darajasi e’lon qilingan.

Avvalgi tornado Xitoy janubida 19 iyun kuni sodir bo‘lgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring