Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoydagi lagerlarda uyg‘ur ayollar zo‘rlanayotgani aybi qo‘yildi

Xitoydagi lagerlarda uyg‘ur ayollar zo‘rlanayotgani aybi qo‘yildi

Foto: «Azon.uz»

Sharqiy Turkistondagi Dabancheng lageridagi ishlagan qozoq millatiga mansub kishi tomonidan yozilgan maktubda uyg‘urlarning zo‘ravonlik va zo‘rliklarga uchrayotgani aytilgan. Bu haqda «Yevronyus»ga asoslanib «Azon.uz» xabar bermoqda.

Torchlight Uyghur Group nomli guruh tomonidan xitoychadan o‘girilgan maktubda Berik laqabli xavfsizlik xizmati xodimining boshidan o‘tkazganlari hikoya qilingan. U avvallari videotasvirchi bo‘lib ishlaganini, lagerda videokuzatuv punktida ishlaganini va u yerga ishga kirganidan pushaymon bo‘lganini aytgan. Berikning so‘zlariga ko‘ra, lager xodimlari u yerda saqlanayotgan uyg‘ur ayollarini jinsiy zo‘rlash bilan shug‘ullanib keladi.

Berik ishdan bo‘shab, Xitoydan qochib ketgan. Torchlight Uyghur Group vakili Erkin Ozodning aytishicha, Berik ayni payt xavfsiz joyda, BMT va boshqa xalqaro tashkilotlarga ma’lumot berishi kutilyapti.

Sharqiy Turkiston poytaxti Urumchining janubi-g‘arbida joylashgan Dabancheng lagerida o‘n minglab uyg‘ur saqlanayotgani taxmin qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring