Xitoylik ayol it deb ayiq sotib oldi

Xitoyda bir ayol kuchuk olgan edi, ikki yildan keyin uning ayiq ekani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda «Hurriyet» xabar bermoqda.
Su Yun ismli ayol ikki yil avval kuchukvachcha sotib olgan edi. U jonivorning ko‘p ovqat yeyishidan hayron bo‘ldi. Ikki yil o‘tib jonivor ulkan ayiqqa aylandi.
Su Yun oilasi jonivorning tez sur’at bilan o‘sib, ikki oyoqda tik turishidan hayratga tushdi. Uning ayiq ekanini bilgach, hayvonot bog‘iga topshirib yubordi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter