Xitoylik erkak sotib olgan kuchuk kalamush bo‘lib chiqdi
Xitoylik kishi sotib olgan kuchuk vaqt o‘tishi bilan kalamush bo‘lib chiqdi, deya xabar beradi «Haber7.com» nashri.
Ismi oshkor qilinmagan kishi bozordan kuchuk bolasini sotib olgan. Vaqt o‘tishi bilan kuchuk egasi uning tuklari o‘smayotganidan hayratlangan va uning naslini bilishga uringan. Natijada jonivorning kuchuk emas kalamush ekani ayonlashgan.
Nomi «Rhizomys sinensis» bo‘lgan kalamush Xitoyning ayrim hududlarida yeyilar ekan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter