Rossiyada xitoylik sayyohlar muz ostida halok bo‘lishdi
Rossiyadagi Baykal ko‘lida ichida xitoylik sayyohlarni olib ketayotgan "buxanka" (UAZ) suv ostiga cho‘kib ketdi.
UAZ mashinasi Xitoydan kelgan sayyohlarni "Uch og‘ayni" hududiga ekskursiyaga olib ketayotgan edi, haydovchi yoriqlarni payqamagan va avtomobil muz ostiga g‘arq bo‘lgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, salondagi to‘qqiz kishidan faqat bir nafar sayyoh suzib chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Mahalliy haydovchi va yetti nafar Xitoy fuqarosi halok bo‘lgan.
Voqea joyida Irkutsk politsiyasi xodimlari ishlamoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter