Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xitoyning 30 ta harbiy samolyoti Tayvan havo hududiga kirdi

Xitoyning 30 ta harbiy samolyoti Tayvan havo hududiga kirdi

Foto: «Reuters»

XXR harbiy-havo kuchlarining 30 ta jangovar samolyoti Tayvan havo hujumidan mudofaa hududiga uchib kirdi. Bu haqda «Reuters» xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, samolyotlarning 2 tasi — KJ-500 (olisdan radiolokatsion aniqlash va boshqarish),  qolganlari qiruvchi samolyotlar: 8 tasi — J-11, 6 tasi — J-16, 4 tasi — J-10, 2 tasi — Su-35, 2 tasi — Su-30, 6 tasi — Y-8.

Tayvan yanvar oyidan beri o‘z havo hujumidan mudofaa hududi Xitoy HHK tomonidan eng yirik buzishni sodir etganini e’lon qildi. Orol mudofaa vazirligi javoban qiruvchi samolyotlarni uchirgan.

Tayvan mudofa vazirligi XXR bungacha 22 ta qiruvchi samolyotdan iborat missiyasi bilan o‘z havo kengliklarini buzganini ma’lum qilgan.

Avvalroq AQSh, Xitoy hujum qilgan taqdirda, Tayvanni himoya qilish uchun qurolli kuchlarini qo‘llashga shayligini bildirgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring