Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorvatiya ham Yevropa Shingen hududiga qo‘shilyapti

Xorvatiya ham Yevropa Shingen hududiga qo‘shilyapti

Xorvatiya yangi 2023-yilni yangi valyuta bilan kutib oladi: 1-yanvardan boshlab mamlakat yevroga o‘tadi.

Yagona Yevropa valyutasini bosqichma-bosqich, lekin tezkor joriy etish doirasida mamlakatda bankomatlarning yarmidan ko‘pi o‘chirilgan. Ularni yangi banknotlarni tarqatish uchun qayta yuklash jarayonlari ketyapti.

Xorvatiya kunasi va yevro faqat 14 kun davomida naqd to‘lovlar uchun teng ravishda qo‘llaniladi.

Xorvatiya Milliy banki raisi Boris Vuychich aholini yonlarida biroz naqd pul bo‘lishi ma’qulligi, chunki dam olish kunlarida bank tizimi o‘tish holatida bo‘lgani bois na kartalar, na internet-banking ishlamasligi haqida ogohlantirgan.

2023-yil 1-yanvar Xorvatiya ham Yevropa Shengen hududiga rasman qo‘shiladi. Bu odamlar qo‘shni Yevropa Ittifoqi davlatlari o‘rtasidagi chegarani pasport nazoratisiz kesib o‘tishini anglatadi. Shuningdek, bu Xorvatiyaning Bosniya kabi Yevroittifoqqa a’zo bo‘lmagan davlatlar bilan chegaralarini qattiq nazoratda ushlash kerakligini ham nazarda tutadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring