XX asrning eng mashhur josuslaridan biri vafot etdi

Buyuk Britaniyaga qochib ketgan KGB agenti Oleg Gordiyevskiy 87 yoshida vafot etdi. Bu haqda BBC xabar berdi.
XX asrning eng mashhur josuslaridan biri sifatida tilga olinuvchi Gordiyevskiy britan razvedkasining sovet maxsus xizmatlariga kirib olgan Oleg Penkovskiydan keyingi eng katta agenti sanaladi.
Oleg Gordiyevskiy KGBda 23 yil ishlagan va hatto 1985-yilda Britaniyadagi sovet rezidenturasini boshqarishiga oz qolgan. Biroq britan kontrrazvedkasi bilan aloqadorlikda gumon qilinib, Moskvada bir necha soat so‘roq qilinganidan so‘ng, o‘sha yil iyulida Ittifoqdan qochib ketgan. Qochib ketganligi va MI-6 (Buyuk Britaniya TIV maxfiy razvedka xizmati) bilan aloqasi uchun Gordiyevskiy o‘limga hukm qilingan.
Gordiyevskiyning qochishini Buyuk Britaniyaning Moskvadagi elchixonasi tashkillashtirgan — u diplomatlarga qarashli mashina yukxonasida olib ketilgan.
Kapitalistik lagerga qochib o‘tgan Gordiyevskiy Xrushchyovning «ilish davri»dan so‘ng Stalin jinoyatlarini anglab yetib dunyoqarashi o‘zgarganini ma’lum qilgan.
Oleg Gordiyevskiyga 2007-yil iyunida Britaniyaning avliyo Mixail va avliyo Georgiy kavalerligi taqdim etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter