Yahudiylarning Gitler borasidagi so‘rovi bajarilmadi
Bloomfield Auctions kompaniyasi Belfastda Yeva Braun tomonidan Adolf Gitlerga sovg‘a qilingan qalamni auksiondan qaytarib olishdan bosh tortdi.
Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.
Yevropa yahudiylari uyushmasi raisi Menaxem Margolin auksion uyi rahbariga lotni ma’naviy sabablarga ko‘ra olib tashlash iltimosi bilan murojaat qilgan. Bloomfield Auctions boshqaruvchi direktori Karl Bennet, o‘z navbatida, qalamning sotilishi axloqsizlik va natsistlar tomonidan o‘ldirilganlar xotirasini haqorat bo‘lishi haqidagi ayblovlarni rad etdi.
«Biz hech kimga yoki jamiyatning biron bir qismiga og‘riq yoki azob-uqubat keltirmoqchi emasmiz. Barcha buyumlar o‘z tarixiga ega va o‘tmishning ma’lum bir davri haqida hikoya qiladi», — dedi Bennet.
Braun Gitlerga ushbu qalamni 1940-yil 20-aprelda, fyurer 52 yoshga kirganda bergani aytiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter