Yaponiya 2020 yildan uchar mashina ishlab chiqaradi

Yaponiyada 2020 yildan uchar mashinalar ishlab chiqarila boshlaydi, deya xabar beradi «Sabah.com».
Mahalliy matbuotning yozishicha, Yaponiyada uchar mashina loyihasi doirasida «Uber», Yaponiya havo yo‘llari, «Airbus», «Boeing», «NEC», «Toyota», «ANA» va«Yamato» kompaniyalari yo‘l xaritasi tayyorlaydi.
Yaponiya iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligi kelasi yili uchar mashinalar uchun akkumulyator, motor va boshqa jihozlarni ishlab chiqarish uchun 40,4 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratadi.
Loyiha doirasida uchar mashinalar 2020 yildan sotuvga chiqariladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter