Yaponiyada 100 yoshdan oshganlar hisoblab chiqildi

Yaponiyada 100 yoshdan oshgan odamlar 80 mingtaga yetdi, deya xabar berdi mamlakat sog‘liqni saqlash, mehnat va ijtimoiy ta’minot vazirligi.
Hozirgi kunda Kunchiqar o‘lkada 100 yoshni qarshilagan 80 450 nafar fuqaro istiqomat qilmoqda. Oldingi yilgiga qaraganda bu ko‘rsatkich 9 176 nafarga o‘sgan. Ulardan 88 foizi, ya’ni 70 975 nafari ayollardan iborat. Yaponiyadagi eng keksa ayol 117 yoshda: u Fukuoka prefekturasida istiqomat qiladi. Eng keksa erkak 110 yoshda bo‘lib, Nara prefekturasida yashaydi.
Eng qizig‘i, birgina o‘tgan yili Yaponiyada 100 yoshdan oshganlar soni 70 minglik ko‘rsatkichdan o‘tgandi.
Mutaxassislarning fikricha, hozirgi demografik muammolar saqlanib qoladigan bo‘lsa, 2053-yilga borib mamlakat aholisi 127 milliondan 100 millionga, 2065-yilda esa 88 million kishiga kamayib ketadi. Ularning 38 foizini esa 60 yoshdan oshgan fuqarolar tashkil etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter