Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiyada qutqaruv vertolyoti halokatga uchradi

Yaponiyada qutqaruv vertolyoti halokatga uchradi

Foto: «Haber7.com»

Yaponiyada 9 kishini olib ketayotgan qidiruv-qutqaruv vertolyoti toqqa urilib ketdi, deya xabar beradi «Haber7.com» sayti.

Vertolyotda 4 nafar qidiruv-qutqaruv guruhi xodimi hamda 5 nafar o‘t o‘chiruvchi bo‘lgan.

Gumma prefekturasiga tegishli «Bell 412EP» rusumli vertolyot havoga ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay aloqa uzilgan. Oradan bir necha soat o‘tib vertolyot Nakanojo qasabasi yaqinidagi tog‘li hududdan topilgan.

«Associated Press» axborot agentligi e’lon qilgan suratlarda vertolyotning parchalanib ketganini ko‘irsh mumkin.

Vertolyotdagi barcha kishi halok bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring