Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiyada sobiq bosh vazir Sindzo Abe xotirlandi

Yaponiyada sobiq bosh vazir Sindzo Abe xotirlandi

Foto: RIA Novosti

Roppa-rosa uch yil avval, 2022-yilning 8-iyul kuni 67 yoshli Sindzo Abe saylovoldi uchrashuvida o‘ldirib ketilgandi.

Abe mamlakat g‘arbidagi Nara shahrida nutq so‘zlayotganida Yaponiya mudofaa kuchlarining sobiq dengizchisi, 40 yoshli Tesuya Yamagama unga qarata qo‘lbola quroldan ikki marta o‘q uzgan.

Bugun siyosatchiga suiqasd uyushtirilgan joyga kelib, odamlar gul qo‘yishmoqda, xohlovchilar ta’ziya daftariga dil so‘zlarini yozib ketishmoqda.

Ma’lumot uchun: Sindzo Abe 2006-2007 va 2012–2020-yillarda Yaponiya bosh vaziri bo‘lgan — mamlakat tarixida eng uzoq muddat shu lavozimda ishlagan inson.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring