Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiyada so‘nggi yetti yilda eng kuchli vulqon otilishi yuz berdi

Yaponiyada so‘nggi yetti yilda eng kuchli vulqon otilishi yuz berdi

Foto: X/WeatherMonitors

Yaponiyaning Miyadzaki va Kagosima prefekturalari chegarasida joylashgan Simmoe vulqoni uyg‘onib, besh kilometrdan balandga kul sochildi.

Bu Yaponiyada so‘nggi yetti yil yoki 2018-yildan buyon eng kuchli vulqon otilishidir. Kul buluti radiusi 50 kilometrgacha tarqalgan.

Shuningdek, mamlakat Milliy meteorologiya agentligi Kumuamoto prefekturasidagi Aso vulqoni xavflilik darajasini 2-pog‘onagacha ko‘targan. Vulqon uch prefektura: Miyadzaki, Kagosima va Kumamotoga xavf solmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring