Yaponiyada yangi imperator taxtga o‘tirdi
![Yaponiyada yangi imperator taxtga o‘tirdi](http://static.xabar.uz/crop/3/5/720_460_95_3530144261.jpg)
Yaponiyada yangi imperator Naruxito rasman taxtga o‘tirdi, deb xabar berdi «REGNUM». Rasmiy marosim bugun, 22-oktyabr kuni Tokioda bo‘lib o‘tdi.
«Men konstitutsiya hamda imperatorlik uyi haqidagi qonunga muvofiq taxtga chiqdim», — «Japan Times» Naruxitodan iqtibos keltirmoqda.
Tantanali marosimda 180 dan ziyod mamlakat vakillari, jami ikki ming nafar mehmon qatnashdi. Marosimni o‘tkazishga Yaponiya hukumati qariyb 16 mlrd. yena ($147 mln.dan ortiq) sarflagan.
Yaqinda mamlakat «Xagibis» to‘fonidan qattiq talafot ko‘rgandi, mamlakat infratuzilmasini tiklash ishlari ketmoqda, shu bois ham imperatorning taxtga o‘tirishi munosabati bilan o‘tkaziladigan tantanali parad 10-noyabr sanasiga qoldirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter