Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiyada yangi orol paydo bo‘ldi

Yaponiyada yangi orol paydo bo‘ldi

Foto: «Mir24.tv»

Yaponiyaning NHK telekanali xabar berishicha, Ogasavara arxipelagidagi suv osti vulqoni o‘rnida diametri bir kilometr bo‘lgan orol paydo bo‘lgan.

Avvalroq, juma kuni «Ximavari» meteorologik sun’iy yo‘ldoshi mazkur hududda 16 kilometrlik tutun va kul ustunini qayd etgan. Keyinchalik vulqon ustunining balandligi pasayib ketgan, lekin toshlarning 60 kilometrgacha bo‘lgan masofaga otilishi davom etgan. Yakshanba kuni Yaponiya dengiz xavfsizlik xizmati ushbu hududda diametri bir kilometrga yaqin bo‘lgan yangi orolni kashf etdi.

Mazkur hududda yangi orolning paydo bo‘lishi oxirgi marta 1986-yilda qayd etilgan — u taxminan ikki oy davomida mavjud bo‘lgan, shundan so‘ng to‘lqinlar ta’siri ostida qulab tushgan.

Meteorologlar hududdagi kemalarni hushyorlikni kuchaytirishga chaqirishmoqda, vulqon otilishi oqibatida hech qanday zarar ko‘rilmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring