Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiyaning eng mashhur tog‘iga chiqish pulli bo‘ldi

Yaponiyaning eng mashhur tog‘iga chiqish pulli bo‘ldi

Foto: Freepik

Fudziyama tog‘iga ko‘tarilishni istagan sayyohlar iyul–sentyabr oyilari davomida 4 ming iyena (27 dollar)dan to‘lashlariga to‘g‘ri keladi. Yaponiyaga xorijdan keluvchi sayyohlar oqimi juda ko‘payib ketgani sababli shu choraga qo‘l urildi, deb yozmoqda The Japan Times.

O‘tgan yili tog‘ tepasiga eltuvchi yo‘nalishlardan biriga Yamanasi prefekturasi to‘lov joriy qilgandi. Turistlardan majburiy 2 ming iyena to‘lov hamda Yosida so‘qmog‘iga borish uchun ixtiyoriy xayriya undirilgan. Gap faqat pul undirishda emas, amaldorlar Fudzi tog‘iga yetkazilayotgan ekologik zarar va xavfsizlik haqida qayg‘urishmoqda. Shu bois bu yo‘nalishda kunlik kirish uchun ro‘yxatdan o‘tish va onlayn-bronlashga cheklov o‘rnatildi.

Yaponiya atrof-muhit vazirligi, shuncha cheklovlarga qaramasdan, Fudziga keluvchi alpinistlar soni juda ko‘pligini ma’lum qildi. 2025-yilning o‘tgan davrida 204,3 ming kishi tog‘ni zabt etdi.


Mavzu doirasida: Yaponiyaning Fudziyama tog‘ida «qorsiz rekord» qayd etildi


Fudziyama yil davomida asosan qor bilan qoplanadi, yozda esa ko‘plar quyosh botishini tomosha qilish uchun unga ko‘tarilishga oshiqadi.

Ma’lumot uchun: Fudzi — balandligi 3776 metrli harakatdagi stratovulqon. So‘nggi marotaba 1707–1708-yillarda vulqon otilishi kuzatilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring