Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yirik tadbirkor bir sutkada 13 milliard dollar yo‘qotdi

Yirik tadbirkor bir sutkada 13 milliard dollar yo‘qotdi

Amerikalik tadbirkor, Tesla, SpaceX va Twitter kompaniyalari rahbari Ilon Mask so‘nggi 24 soat ichida 13 milliard dollar yo‘qotdi, deb xabar bermoqda Bloomberg.

«Ilon Mask uchun so‘nggi 24 soat alg‘ov-dalg‘ovli bo‘ldi», deb yozadi agentlik.

Materialda qayd etilishicha, moliyaviy ahvolning pasayishiga bir kun avval Tesla aksiyalarining 9,75 foizga pasayishi va SpaceX tomonidan yaratilgan, osmonda bor-yo‘g‘i to‘rt daqiqa vaqt o‘tkazgan eksperimental Starship raketasining portlashi sabab bo‘lgan.

«Maskning sof boyligi 12,6 milliard dollarga kamaydi, bu joriy yildagi eng katta pasayishdir», — deyiladi maqolada.

Avvalroq yana bir milliarder Jeff Bezos bir yilda 57 mlrd dollar yo‘qotgani xabar berilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring