Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Metroga adashib uchib kirgan yirtqich qush qutqarildi

Metroga adashib uchib kirgan yirtqich qush qutqarildi

AQShda qirg‘iy o‘lja ortidan quvib, Nyu-York metrosidagi Westchester Square-East Tremont Ave bekatida qolib ketgan.

Bu haqda ABC7 telekanali xabar bermoqda.

Buni stansiya ishchisi Pol Flores Kuper qirg‘iyni bir necha kun maqsadsiz uchishdan charchab, quvur ustida qimir etmay qo‘nib turganligini ko‘rib qolgan. U qushni tutish uchun bir necha bor yordam so‘ragan va nihoyat ko‘ngilli – sobiq o‘t o‘chiruvchi Bobbi Xorvatni topgan. Bobbi Xorvat katta to‘r yordamida qushni tutishga muvaffaq bo‘lgan.

«U holdan toygan va hatto birmuncha patlari yulingan edi, lekin men uni tezda ushlab oldim», —degan Xorvat.

Qush veterinar ko‘rigidan o‘tkazilib, tibbiy yordam ko‘rsatilgan va yovvoyi tabiat bag‘riga qo‘yib yuborilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring